“140 ta ilg`or sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish va “sanoat ipotekasi” tizimini joriy qilishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori (684-son, 26.12.2023 y.) qabul qilindi
Qonunchilikka ko`ra, sanoat sohalarida “140 ta ilg`or sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish belgilangan.
Qaror bilan ushbu dastur doirasida tadbirkorlarga ochiq tanlov asosida taklif qilinadigan yirik sanoat loyihalari taqsimoti tasdiqlandi (quyida keltirilgan).
Shunga ko`ra, yirik sanoat loyihalarini ochiq tanlov asosida tanlashning asosiy mezonlari belgilandi. Jumladan:
- loyiha doirasida kamida 100 ta yangi ish o`rinlari yaratilishi;
- ishlab chiqariladigan mahsulotning ichki bozordagi import ulushi 50 foizdan yuqori bo`lishi;
- ishlab chiqarish texnologik asbob-uskunalari yangi (yangi avlodga mansub) bo`lishi kerak.
Dastur doirasida tanlov g`oliblariga xorijiy valyutada yillik 4 foiz va milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10 yil muddatgacha, shundan 3 yilgacha imtiyozli davr bilan bir loyiha qiymatining 25 foizi miqdorida, biroq 10 million AQSh dollaridan ko`p bo`lmagan miqdorda kreditlar ajratiladi.
Bunda ushbu kreditlar bo`yicha tijorat banklarining marjasi xorijiy valyutada 2 foiz va milliy valyutada 4 foiz miqdorida belgilanadi.
Qarorga ko`ra, 2024 yil 1 yanvardan “sanoat ipotekasi” tizimi joriy etiladi. Bue1unda:
- tadbirkorlarga er uchastkalari (ishlab chiqarish maydonlari) qurilish uchun tegishli ruxsatnomalar va loyiha hujjatlari rasmiylashtirilgan holda, “tayyor biznes” shaklida auksion savdolariga chiqariladi;
- ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida bino va inshootlar xarid qilish uchun 7 yil muddatga, 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kreditlar ajratiladi. Bunda tijorat bankining marjasi 4 foiz miqdorida belgilannadi.
27.12.2023 17:05
“Sanoat ipotekasi” tizimi joriy etiladi






