Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo`shrabot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.Q.” MChJ rahbari I.R. “J.O.” MFYda yashovchi aholi xonadonlariga ichimlik suvi etkazib beruvchi binoni hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga ulab, jami 209,9 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Toshloq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.E.” fermer xo`jaligi rahbari M.F. fermer xo`jaligi dala maydoniga o`rnatilgan suv nasoslarini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga ulab, jami 193,4 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
27.12.2023 17:38
Qo`shrabot va Toshloqda "svet"dan noqonuniy foydalanayotganlar qo`lga tushdi






