AsosiyJamiyat

Valyuta operasiyalarini amalga oshirish qoidalariga o`zgartirishlar kiritilmoqda

'Valyuta operasiyalarini amalga oshirish qoidalariga o`zgartirishlar kiritilmoqda'ning rasmi

Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan O`zbekiston Respublikasida valyuta operasiyalarini amalga oshirish qoidalariga o`zgartirishlar kiritilmoqda

Xususan, ichki valyuta operasiyalariga qimmatli qog`ozlar bozorining uyushgan savdolarida norezidentlar tomonidan, shu jumladan birja brokerlari va investisiya vositachilari orqali aksiyalar va obligasiyalarni (Markaziy bankining obligasiyalari bundan mustasno) sotish va sotib olish bilan bog`liq o`tkazmalar kirishi belgilanmoqda.

Maxsus valyuta hisobvarag`iga mijoz tomonidan sotib olingan, shuningdek, ushbu hisobvaraqdan ilgari chiqarilib, foydalanilmagan yoki boshqa sabablarga ko`ra qaytarilgan chet el valyutasi ham kirim qilinadi.

Maxsus valyuta hisobvarag`idan ilgari chiqarilgan va foydalanilmagan, shuningdek boshqa sabablarga ko`ra qaytarilgan chet el valyutasi ham 3 bank ish kuni mobaynida tijorat banklariga qayta sotilishi yoki buyurtmada ko`rsatilgan maqsadlar uchun takroran o`tkazib berilishi lozimligi haqidagi norma bekor qilinmoqda.

Shu bilan birga, bank mijozi tomonidan sotib olingan (shu jumladan foydalanilmagan yoki qaytarilgan) valyuta mablag`lari mijozning maxsus valyuta hisobvarag`iga kiritilgan vaqtdan e`tiboran etti bank ish kuni mobaynida foydalanilishi yoki ushbu muddat tugagandan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda tijorat bankiga qayta sotilishi shart.

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 21-dekabrdan kuchga kirdi.

    Boshqa yangiliklar