AsosiyJamiyat

Toshkentda fizika bo`yicha xalqaro simpozium bo`lib o`tadi

10−11 noyabr kunlari Toshkentda «Fundamental va amaliy fizika rivojlanishining yangi tendensiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar» mavzusida xalqaro simpozium bo`lib o`tadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti, O`zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mazkur anjuman tashkilotchilari hisoblanadi.

Simpozium davomida nazariy va eksperimental fizika, astrofizika muammolari, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish masalalari, fizika fani yangiliklari muhokama qilinadi.

    Boshqa yangiliklar