Tashqi mehnat migrasiyasi Qozog`istonda bo`lib turgan va tranzit yo`nalishida harakatlanayotgan O`zbekiston fuqarolarini ogohlantirmoqda.
So`nggi kunlarda Qozog`iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo`llarda harakatlanish bilan bog`liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli Respublika darajasidagi avtoyo`llarda harakatlanish cheklangan.
Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolaridan yo`llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat`iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo`lmaganda uzoq masofali yo`llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so`raymiz, deyiladi xabarda.
27.12.2023 19:25
Tashqi mehnat migrasiyasi Qozog`istondagi o`zbekistonliklarni ogohlantirmoqda






