Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Konstitusiyaviy kengashdan 19 dekabr kuni parlamentda qabul qilingan yangi migrasiya qonunining konstitusiyaga muvofiqligini ko`rib chiqishni so`radi.
Fransiya parlamenti avvalroq uzoq davom etgan muhokamalar chog`ida migrasiyani kuchaytirish bo`yicha bahsli qonun loyihasi matnini ma`qullagan edi.
Qonun loyihasi malakali ishchilar uchun Fransiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalarni nazarda tutadi. Qonun loyihasi, shuningdek, boshpana berish tartibini soddalashtiradi. Ammo chet el fuqarosi Fransiyada besh yil yashagandan keyingina davlat imtiyozlarini olishi mumkin bo`ladi. Ishga ega bo`lganlar uchun bu muddat 3 oy bo`ladi.
Qonun loyihasiga ko`ra, xavfsizlik kuchlariga qarshi jinoyat sodir etgan ikki fuqaroligi Fransiya fuqaroligidan mahrum etilishi mumkin.
Qonunga ko`ra, Fransiyaga o`qish uchun kelgan xalqaro talabalar depozit to`lashlari kerak bo`ladi.
Depozit talabani Fransiya hududidan chiqarib yuborish to`g`risida qaror qabul qilingan taqdirda uni qaytarish xarajatlarini qoplashga mo`ljallangan.
Agar Konstitusiyaviy kengash qonunni ma`qullasa, hujjat rasman e`lon qilinadi. Aks holda Fransiya Milliy Assambleyasida ovoz berish natijalari bekor qilinadi. Shuningdek, Konstitusiyaviy Kengash qonun matnidan bahsli moddalarni chiqarib tashlash huquqiga ega.






