AsosiyJamiyat

Erga oid ishlarni ma`muriy sudlar tomonidan ko`rishda prokuror ishtiroki shartligi belgilandi

'Erga oid ishlarni ma`muriy sudlar tomonidan ko`rishda prokuror ishtiroki shartligi belgilandi'ning rasmi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma`muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

Qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda ishlar taftish tartibida ko`rish bosqichi joriy etildi. 

Ishlar taftish tartibida Oliy sudning Ma`muriy ishlar bo`yicha sudlov hay`atida va alohida hollarda Oliy sud Rayosatida ko`riladi.

Yuqori instansiya sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko`rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish tartibi bekor qilindi. 

Shuningdek, erga oid huquqiy munosabatlar bilan bog`liq ishlarni ma`muriy sudlar tomonidan ko`rishda prokuror ishtirok etishi shartligi belgilandi.

Ishni taftish instansiyasi sudida ko`rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyasiya yoki kassasiya instansiyasi sudida ko`rishda, shuningdek ishni yuqori turuvchi sud tomonidan taftish tartibida qayta ko`rishda ishtirok etishi mumkin emas.

Prosessual muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish to`g`risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo`ladi.

Kelishuv bitimi apellyasiya yoki kassasiya, taftish instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ajrim chiqarilib, ish bo`yicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari ushbu ajrim bilan bekor qilinadi va ish yuritish tugatiladi. 

Kassasiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e`tiboran 6 oy ichida berilishi mumkin.

Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida ko`radigan Qoraqalpog`iston Respublikasi ma`muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma`muriy sudlari, Harbiy sud nomiga yo`llanadi, lekin hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.

Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e`tiboran 5 kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida ko`radigan sudga ish bilan birga yubori

    Boshqa yangiliklar