Bugun, 28 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Bandixon tumanining ”Polvontosh” mahallasi hududidan o`tuvchi ”Muzrabot-Dushanbe“ magistral gaz quvurining 101-190 km oralig`idagi D-700 mm bo`lgan magistral gaz quvurida avariya holati yuzaga kelgan.
Viloyat hokimligi xabariga ko`ra, ”Hududgaz Surxondaryo“ gaz ta`minoti filiali tomonidan avariya holatini bartaraf etish va tabiiy gaz ta`minotini tiklash choralari ko`rilmoqda. Shu munosabat bilan bugun soat 6:30 dan viloyatning quyidagi shahar va tumanlaridagi iste`molchilarga tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatildi:
Termiz shahri;
Bandixon tumani;
Qiziriq tumani;
Muzrabot tumani;
Termiz tumani;
Jarqo`rg`on tumani;
Qumqo`rg`on tumani;
Angor tumani;
Sherobod tumani.
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.






