AsosiyJamiyat

Toshkentda 31 dekabr kuni metrodan foydalanish bepul bo`ladi

'Toshkentda 31 dekabr kuni metrodan foydalanish bepul bo`ladi'ning rasmi

Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkentda metrodan foylanish 31 dekabr kuni bepul bo`ladi. Bu haqda Metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, metro yo`lovchilariga qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida hukumat tashabbusi bilan 2023 yil 31 dekabr sanasida Toshkent metropolitenining to`liq faoliyat ko`rsatishi vaqti davomida barcha yo`lovchilarga bepul xizmat ko`rsatiladi.

31 dekabr yakshanba — dam olish kunida metro poezdlari harakati doimiy jadval asosida ish faoliyatini olib boradi. Ish vaqtining tugashi esa 1 (bir) soatga uzaytiriladi, ya`ni barcha metro bekatlari 31 dekabr soat 05:00 dan 1 yanvar soat 01:00 gacha yo`lovchilarga xizmat ko`rsatadi.

    Boshqa yangiliklar