AsosiyJamiyat

Olimjon Haydarovga belgilangan jazo o`zgarishsiz qoldirildi

'Olimjon Haydarovga belgilangan jazo o`zgarishsiz qoldirildi'ning rasmi

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning ma`lum qilishicha, bugun bloger O. Haydarovning himoyachisi tomonidan jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona tuman sudining 2023 yil 1 dekabrdagi hukmi ustidan apellyasiya tartibida berilgan shikoyati ko`rib chiqilgan. Farg`ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasining 2023 yil 28 dekabrdagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hukmi o`zgarishsiz va shikoyat qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Eslatib o`tamiz, Olimjon Xaydarovga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo`lib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilangan edi

    Boshqa yangiliklar