Mamlakat rasmiylariga ko`ra, hujumlar harbiy to`dalar tomonidan yaxshi muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilgan. Ular machete va o`qotar qurollar bilan hujum uyushtirgan, uylar va mashinalarga o`t qo`yishgan. Qirg`in yillar davomida diniy va etnik ziddiyatlar hukm surayotgan Plato shtatida sodir etilgan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Nigeriyaning asosan musulmonlar yashaydigan shimoliy mintaqasi va nasroniylar ko`pchilikni tashkil etuvchi markaziy hududi o`rtasida to`qnashuv 2009 yildan beri mavjud. Bu "ko`chmanchilar va dehqonlar o`rtasidagi ziddiyat" deb ham ataladi. Aholining tez sur`atlarda o`sishi va iqlim o`zgarishi dehqonlar va chorvadorlar o`rtasida tabiiy resurslar uchun raqobatni kuchaytirmoqda.
Nigeriyaning o`ta ziddiyatli sharoitlarda saylangan yangi prezidenti Bola Ahmed Tinubumuammoni mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya jalb etish orqali hal qilishga va`da berdi.






