Poytaxt Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berishicha, Yangihayot tumanida 28 dekabr kuni soat 04:55 larda yuk mashinasi Spark bilan to`qnashib ketgan.
Spark boshqaruvida 23 yoshli D.M. hamda «GAZel» yuk mashinasi rulida F.R. bo`lgan. YTH natijasida Spark haydovchisi va bir nafar yo`lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.






