Termiz aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (chang bo`roni) tufayli Toshkent – Termiz yo`nalishi bo`yicha Silk Avia aviakompaniyasining USA-751 reysi ekipaji Qarshidagi muqobil aerodromga yo`l olishga qaror qildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Samolyot Qarshi aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 10:51 da qo`ndi. Yoqilg`i to`ldirilganidan so`ng samolyot Termiz aeroportiga uchib ketdi.






