Joriy yilning 28 dekabr kuni Buxoro viloyati prokuraturasi, Departament, IIB va DXX viloyat boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “O`zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdor shaxsi S.A. “I.G.A.S.” MChJga qarashli AYoQShda o`tkazilgan tekshirish yakuni bo`yicha mazkur shoxobcha faoliyatini tiklab berish, “B.A.Y.Q.” MChJga qarashli AYoQShga faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziya berish, 2024 yilda nazorat organlari tomonidan tekshirish e`lon qilinganda, unga oldindan xabar berish evaziga 100 000 AQSh dollari pora talab qilib, Buxoro shahar tug`ruq kompleksi yonida kimyoviy ishlov berilgan 50 000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat bo`yicha S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibida ushlangan.Hozirda mazkur jinoyat ishi bo`yicha Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
29.12.2023 13:33
“O`zenergoinspeksiya” mansabdori pora bilan ushlandi






