AsosiyJamiyat

“O`zgidromet” yanvar oyida qanday ob-havo kutilayotganini ma`lum qildi

'“O`zgidromet” yanvar oyida qanday ob-havo kutilayotganini ma`lum qildi'ning rasmi

Yangi 2024 yilning birinchi oyi harorat tartibi bo`yicha me`yorga yaqin, ba`zi joylarda me`yordan 1-1,5 daraja darajaga yuqori bo`ladi. Buhaqda O`zgidromet  xabar bermoqda.

Prognozlarga ko`ra, yanvar quruq va nisbatan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Yanvar oyining birinchi besh kunligida O`zbekiston hududi bo`yicha asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. 1—3 yanvar kunlari kunduzgi havo harorati 6-11 daraja iliq atrofida, 4—5 yanvar kunlari esa 1—3 yanvarga nisbatan 3-5 darajaga yuqori bo`ladi.

Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechalari 0-5 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o`zgarib turishi kutilmoqda. Harorat kechalari qisqa davrga 10-13 daraja sovuqqacha pasayishi va kunduz kunlari 16-18 daraja iliqqacha ko`tarilishi mumkin.

Yomg`ir va qor ko`rinishidagi yog`ingarchiliklar yanvar oyining birinchi o`n kunligi oxirida, shuningdek, ikkinchi va uchinchi o`n kunliklarning ayrim kunlarida kutilmoqda. Umuman olganda, oy uchun yog`ingarchilik miqdori me`yor atrofida, ba`zi joylarda me`yordan kam bo`lishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar