AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yuk mashinalariga yo`l yig`imi joriy etiladi

'O`zbekistonda yuk mashinalariga yo`l yig`imi joriy etiladi'ning rasmi

O`zbekistonda yuk ko`tarish quvvati 10 tonnadan yuqori transport vositalari va tirkamalarga yig`im joriy etiladi. Bu haqda 2024 yil uchun O`zbekiston davlat byudjeti to`g`risidagi qonunda belgilandi.

Unga ko`ra, yuk ko`tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo`lgan yuk avtotransport vositalari va tirkamalarining avtomobil yo`llari bo`ylab harakatlanish huquqi uchun yig`imlar stavkalari quyidagicha bo`ladi:

  • yuk ko`tarish quvvati 10 tonnadan 25 tonnagacha bo`lsa — BHMning 5 baravari (1,7 mln so`m);
  • yuk ko`tarish quvvati 25 tonnadan 35 tonnagacha bo`lsa — BHMning 8 baravari (2,72 mln so`m);
  • yuk ko`tarish quvvati 35 tonna va undan yuqori bo`lsa — BHMning 10 baravari (3,4 mln so`m).

    Boshqa yangiliklar