AsosiyJamiyat

Mahallalarda yangi lavozim joriy etiladi

'Mahallalarda yangi lavozim joriy etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog`ini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori loyihasi e`lon qilindi.

Futbolni rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarni eng quyi tizimgacha tushirish hamda mahallardan boshlab iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimini yaratish maqsadida mahalla fuqarolar yig`inida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi raisning yoshlar masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimi negizida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi mahalla futbol etakchisi lavozimi joriy etiladi.

Quyidagilar futbol etakchilarining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targ`ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
  • mahallalarda mavjud bo`lgan futbol bo`yicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish;
  • mahallada futbol bo`yicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi" mahalla terma jamoa"larini shakllantirish hamda ularni tayyorlash;
  • mahalla yoshlarining futbol bilan shug`ullanishi uchun etarli shart-sharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish bo`yicha sport ta`lim tashkilotlari va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikni tizimli yo`lga qo`yish;
  • mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchi yoshlarni aniqlash hamda ularni professional futbol ta`lim muassasalariga tayyorlab borish;
  • mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan ta`minlash va «mahalla terma jamoalariga qo`shimcha shart-sharoitlarni yaratish bo`yicha mahalliy hokimliklarga takliflar kiritish.

Belgilab qo`yilishicha:

  • futbol etakchisi tuman (shahar) sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish bo`yicha o`rinbosari bilan kelishilgan holda mahalla fuqarolar yig`ini kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
  • tuman (shahar) sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish bo`yicha o`rinbosari futbol etakchisiga nomzodlarni mahalla fuqarolar yig`ini kengashiga tavsiya qiladi;
  • futbol etakchisi faoliyatiga umumiy rahbarlik tuman (shahar) sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish bo`yicha o`rinbosari tomonidan amalga oshiriladi;
  • futbol etakchisi lavozimiga futbol sohasida etarli tajribaga ega bo`lgan va shaxsiy fazilatlari bilan mahallada namuna ko`rsatgan nomzodlar tayinlanadi.

    Boshqa yangiliklar