Bugun O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston qahramoni Abdulla Oripovni vatandoshlari so`nggi manzilga kuzatishdi.
O`zbekiston Davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning vafoti munosabati bilan uning "Do`rmon" ijod uyida miting bo`lib o`tdi. Mitingni O`zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi Muhammad Ali olib bordi. Tadbirda O`zbekiston Prezidenti Bosh maslahatchisi Xayriddin Sultonov, akademik Baxtiyor Nazarov, O`zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidlar so`zga chiqishdi. Miting tugagach Muftiy Usmonxon Alimov Abdulla Oripovning janozasini o`qidi.
O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovni so`nggi manzilga kuzatish uchun Davlat, adabiyot va san`at arboblari hamda vatandoshlari yig`ilishdi.
Abdulla Oripov Toshkentning «Chig`atoy» qabristoniga dafn etildi.
Shanba kuni Abdulla Oripovning xotirasiga “Navro`z” restoranida osh beriladi.
Eslatib o`tamiz, Abdulla Oripov 5 noyabr kuni AQShning Texas shtatida og`ir xastalikdan vafot etdi.



















