Toshkent shahridagi maktab hududida erkak kishining jasadi topilgan edi. Xabar berilishicha, marhum oilada 6 farzandning to`ng`ichi bo`lgan.
Boquvchisi tashlab ketgan ayol 5 o`g`ilni yosh bolaligidan o`zi tarbiya qilib kelgan. Bir qizini turmushga bergan. Ayolning sobiq eri hozirda mashhur aktyorlardan biri ekanligi aytildi. Ammo uning shaxsi ochiqlanmagan.
Mahalla faolining qayd etishicha, oila uy-joyga muhtoj bo`lgan. Marhum yigit 31 yoshga kirgan bo`lsada, uylanishga na mablag`i, na uyi bo`lmagan. Yigit bozorda qassoblik qilardi. Onasi o`g`lining ruhiy holatida o`zgarishlar bo`layotgani aytgan.
Fojea onaning qarindoshinikiga ketgan paytda sodir bo`lgan.
Yigitning ukasini ta`kidlashishicha, akasi shaxsiy hayotidagi noxush voqea sabab kuchli stressda bo`lgan.
“O`zlarini bir necha marotaba o`ldirishga harakat qilgan. Yaxshi ko`rgan qizi agar yigit unga uylanmasa, boshqasiga tegishini aytgan va turmushga chiqqan”, — deydi marhumning ukasi.
Holat bo`yicha hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






