AsosiyJamiyat

⚡Yangi yil bayram tadbirlari o`tadigan hududlarda 282 avtoturargoh tashkil etildi

'⚡Yangi yil bayram tadbirlari o`tadigan hududlarda 282 avtoturargoh tashkil etildi'ning rasmi

“Prezident archasi” hamda “Yangi yil bayrami” tadbirlari o`tkaziladigan joylarda harakat xavfsizligini ta`minlashga 2 ming 325 nafar yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimi safarbar etilgan bo`lib, bayram tadbirlari o`tkaziladigan joylardan 150 metr uzoqlikda 282 avtoturargoh tashkil etildi. 

Bundan tashqari, tadbir o`tkaziladigan joylarda yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash maqsadida 177  ko`chani jismoniy yopish uchun jami 851 ta “Bdo-5” beton va temir to`siqlar yordamida transport vositalarining harakati cheklandi. Ob`ektlarga olib keluvchi yo`llarga qo`shimcha yo`l belgilari o`rnatildi.

Aholi gavjum bo`ladigan tunggi ko`ngilochar joylar atrofida transportni etkazib berish xizmatlari tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar