Nijniy Novgoroddagi futbol maydon qorovuli belkurak bilan qorda qizning portretini chizdi. Bir necha kun ichida u ijtimoiy tarmoq yulduziga aylandi.
“Bu qiz mening tasavvurimda shakllandi. Fotoni taxminan qirq daqiqada chizdim, shunchalik hayajonlanib ketdimki, buni sezmadim va charchamadim. - deb eslaydi Maksim Pechenkin.
Ajablanarlisi shundaki, belkurak bilan chizilgan qiz do`stining qiziga juda o`xshash edi. Maksim rasmni suratga oldi va messenjer orqali ularga yubordi.
“Futbol maydonida chizish eng qulay. Uni chiroyli qilish uchun proporsiyalarni saqlash kerak”, - deya tushuntiradi rassom. - Tozalash oson. Men maydonni katta qog`oz deb tasavvur qilaman va belkurak va supurgi bilan ijod qilaman”.
Maksim bir necha yildan beri FIFA klubining sport maydonchasida qorovul bo`lib ishlaydi – u odamlarga mashg`ulot o`tkazish qulayroq bo`lishi uchun tartibni saqlaydi.