AsosiyDunyo

Tokio aeroportiga qo`nishda yo`lovchi samolyot yonib ketdi

'Tokio aeroportiga qo`nishda yo`lovchi samolyot yonib ketdi'ning rasmi

Tokiodagi «Haneda» aeroportida Japan Airlines aviakompaniyasi samolyoti yonib ketdi.

Japan Airlines aviakompaniyasi xabariga ko`ra, bortda bo`lgan 379 yo`lovchi va ekipajning o`nga yaqin a`zolarining barchasi evakuasiya qilingan. Samolyot amalda to`liq yonib ketgan.

Yong`in sabablari ma`lum emas, ammo Reuters  agentligi va NHK xabariga ko`ra, Japan Airlines reysi aeroportga qo`nish chog`ida Yaponiya sohil qo`riqlash xizmati samolyotiga urilib ketgan bo`lishi mumkin.

Yaponiya Er, infratuzilmalar, transport va turizm vazirligi tekshiruv o`tkazilayotgani haqida xabar bergan.

Yonib ketgan samolyot — Airbus A350 2021 yilda ishlab chiqarilgan. Bu Hokkaydo orolidagi «Sin-Titose» aeroportidan uchib kelgan JAL516 reysi bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar