Joriy yilning 1 yanvar kuni soat 18:18 da Toshkent tumani, “Oltintepa” mahallasi Zabardast-5 ko`chasida joylashgan 11-uyda yong`in sodir bo`layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yong`in joyiga 4 ta yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilgan. Ekipajlar soat 18:21da etib borgan. Yong`in 70 kv.m maydonga tarqalgan.
Qutqaruvchilarning sa`y- harakatlari natijasida yong`in soat 18:45da o`rab olinib, soat 19:25da o`chirilgan. Xonadonning 150 kv.m. maydoni yong`indan saqlab qolingan. Yong`in sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong`in oqibatidan halok bo`lgan va tan jarohati olganlar yo`q, uyning tom qismi va romlari butun qolgan.
Hozirgi vaqtda yong`in oqibatlarini bartaraf qilish maqsadida mahalla aholisi, qo`ni-qo`shnilar tomonidan hashar ishlari o`tkazilmoqda.
02.01.2024 18:12
Toshkent viloyatida uy yonib ketdi






