AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ortiqcha vaznli aholi ulushini 50 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda

'O`zbekistonda ortiqcha vaznli aholi ulushini 50 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko`ra, aholi orasida to`g`ri ovqatlanish va sog`lom turmush tarzini shakllantirish orqali ortiqcha vaznga ega aholi ulushini 50 foizga va semizligi mavjud aholi ulushini 23 foizga qadar kamaytirish mo`ljallangan.

Maktabgacha va maktab ta`lim tizimida sog`lom ovqatlanish ta`minlanadi. Bunda bolalar va yoshlar o`rtasida semizlik 30 foizga qisqartiriladi.

Har bir insonning o`z salomatligiga mas`ulligini oshirish nazarda tutilyapti.

Preventiv tibbiyotni fundamental rivojlantirish, ta`lim tizimidan boshlab valeologiya asoslarini singdirish ham rejalashtirilgan.

Aholi orasida zararli odatlarga qarshi kurashish, tamaki chekuvchilar ulushini 10 foizga kamaytirish mo`ljallanmoqda.

Bundan tashqari, O`zbekiston aholisi orasida xalqaro qabul qilingan standart metodologiya asosida keng ko`lamli tadqiqotlar o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar