AsosiyJamiyat

Jizzaxda Gentra transformatorga borib urildi

'Jizzaxda Gentra transformatorga borib urildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sharof Rashidov tumani "So`g`diyona" MFY hududida Gentra avtomobili transformatorga urib ketishi oqibatida elektr ta`minotida uzilish bo`lgani to`g`risida xabar tarqaldi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali xabariga ko`ra, "So`g`diyona" MFY hududidagi "Gandumtosh" tarmog`idan chiquvchi 257-sonli transformatorni Gentra avtomobili urib ketishi oqibatida elektr ta`minoti uzilgan. Haydovchiga tan jarohati etmagan.

Ayni paytda voqea joyiga tuman elektr ta`minoti korxonasi mas`ullari tomonidan zaxira transformatori olib kelinib, transformatorni almashtirish va elektr ta`minotini tiklash ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar