AsosiyJinoyat

Navoiyda masjiddagi ehson qutilaridan pul o`g`irlab ketildi

'Navoiyda masjiddagi ehson qutilaridan pul o`g`irlab ketildi'ning rasmi

Karmana tumanida masjiddagi ehson qutilaridan pul o`g`irlagan yigit ushlandi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB matbuot xizmatining xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, o`g`irlikni Nurota tumanida yashovchi 27 yoshli yigit qilgan. U 2023 yil 9 dekabr kuni tunda Karmana tumani markazidagi Qosim-Shayx masjidiga panjara osha kirib, u erdagi 5 dona ehson qutisini buzib ochgan hamda ichidagi pullarni olib ketgan.

Yigitdan ehson qutilaridan o`g`irlangan 4 million 669 ming so`m pullar hamda daliliy ashyolar rasmiylashtirib olingan. O`tkazilgan surishtiruv tadbirlari davomida yigit 2023 yilning 25 noyabridan 9 dekabrigacha Nurota va Karmana tumanlaridagi bir nechta masjidda ehson qutilaridan pullarni o`g`irlab kelgani ma`lum bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar