AsosiyJinoyat

Surxondaryoda XIX asr oxiriga oid oltin tangani sotayotgan shaxslar ushlandi

'Surxondaryoda XIX asr oxiriga oid oltin tangani sotayotgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda  tezkor o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda

Tadbirda fuqarolar J.A. va A.J. o`zaro til biriktirib, XIX asr oxiriga oid madaniy boylikka taalluqli hisoblangan “PETRU BOGDANOVU 1899” yozuvli vazni 61,69 gramm bo`lgan qadimiy oltin tangani fuqaro A.E.ga 100 000 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat  yuzasidan Jinoyat kodeksining  177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar