AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda iste`molga yaroqsiz 225 kg go`sht to`xtatib qolindi

'Qashqadaryoda iste`molga yaroqsiz 225 kg go`sht to`xtatib qolindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko`kdala tuman bo`limi tomonidan viloyat YHHB xodimlari bilan hamkorlikda “Umakay” YPX maskanida  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda “Qarshi-Samarqand” yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib ko`zdan kechirilganda, fuqaro S.Sh. xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 225 kg iste`molga yaroqsiz qoramol go`shtini o`tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar