AsosiyJamiyat

Navoiydan Moskvaga uchayotgan samolyot favqulodda qo`ndirildi

'Navoiydan Moskvaga uchayotgan samolyot favqulodda qo`ndirildi'ning rasmi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-9617 reysi bilan Navoiy-Moskva yo`nalishi bo`yicha parvoz qilayotgan samolyot havoga ko`tarilganidan ko`p o`tmay Urganch aeroportiga qo`nishga majbur bo`ldi. Bunga yo`lovchilardan birining ahvoli yomonlashgani sabab bo`lgan.

Bortida 107 yo`lovchi bo`lgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 18:42 da Urganch aeroportiga qo`ndi. Yo`lovchi (O`zbekiston fuqarosi) reysdan olinib Urganch shahar shifoxonasiga yotqizildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 19:51da “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi samolyoti “Vnukovo” aeroportiga uchib ketdi.

    Boshqa yangiliklar