1

Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog`iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi

Jamiyat 10.11.2016, 22:25
Teglar: 2016 yil, Saylov
Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog`iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev 10 noyabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O`zLiDePning Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi raisi S.Turmanov ochdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev o`zining saylovoldi dasturi yuzasidan ma`ruza qildi.

Dasturda keng ko`lamli iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni izchil davom ettirish, sanoatni modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobidan iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan munosib o`rin olish, aholi farovonligi va hayot darajasini yanada oshirishga doir strategik maqsadlar o`z ifodasini topgan. Davlatning iqtisodiyotdagi ulushini qayta ko`rib chiqish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik uchun yanada keng yo`l ochib berish, investisiyaviy muhitni yanada yaxshilash va eksport hajmini ko`paytirish,  fermerlik harakatini yangi bosqichga ko`tarish, mahalliylashtirish dasturlarini izchil davom ettirish, aholi bandligini ta`minlash va turmush farovonligini oshirish kabi masalalarga alohida e`tibor qaratilgan.

Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti Qoraqalpog`iston Respublikasi rivojida ham yaqqol namoyon bo`lmoqda. Ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, shahar va qishloqlar qiyofasi butunlay o`zgarib borayotir. Yangi zavod va korxonalar, infratuzilma ob`ektlari, zamonaviy uy-joylar barpo etilmoqda.

Mahalliylashtirish va investisiya dasturlari doirasida ko`plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Qo`ng`irot soda zavodi, dunyodagi eng yirik loyihalardan biri – Ustyurt gaz-kimyo majmuasi mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o`rin tutmoqda. Surg`il koni negizida bunyod etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tasdiqlagan mamlakatimiz sanoatini keng ko`lamli modernizasiya qilish dasturi doirasida amalga oshirildi. Bu neft-kimyo sohasida nafaqat O`zbekiston, balki MDH hududida uzoq muddatli moliyalashtirish asosida hayotga tatbiq etilgan dastlabki keng ko`lamli loyihadir. Umumiy qiymati 4 milliard dollarlik ushbu loyihaning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.

Videokonferensiya shaklida o`tgan uchrashuvda Nukus shahri va Qoraqalpog`iston Respublikasining barcha tumanlari markazidan saylovchilar ishtirok etdi. Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi “Nuroniy” jamg`armasi raisi Sh.Usnatdinov, mehnat faxriysi Q.Kamolov, Mo`ynoq tumani «Talliuzak» mahalla fuqarolar yig`ini raisi B.O`tambetova, Ellikqal`a tumani fermerlar kengashi raisi E.Bobojonov, Amudaryo tumani «Barkamol avlod» markazi rahbari X.Rajabova, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi G.Sultonmurodova, Qo`ng`irot tumanidagi «Qaldirg`och Mavluda» sayyohlik firmasi rahbari M.Embergenova va boshqalar tinchlik va barqarorlik samarasida mamlakatimiz har tomonlama rivojlanib, xalqimizning dunyoqarashi va turmush tarzi izchil yuksalib borayotganini qayd etdi. Prezident sayloviga tayyorgarlik ko`rish, uni o`tkazish bilan bog`liq jarayonlar milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik talablarga to`la mos ravishda o`tayotganini ta`kidladi. Saylovchilarni 4 dekabr kuni bo`ladigan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

 

Sharhlar

Turkiyada muxolifat Erdo`g`onning partiyasini mag`lub etdi

01.04.2024, 09:13

Avval xabar qilganimizdek, yakshanba kuni Turkiyada mahalliy hokimiyatlarga saylovlar bo`lib o`tdi. Bayonnomalarning 93 foiz sanab chiqilganda, Respublika xalq partiyasi 37,4 foiz, hukmron Adolat va taraqqiyot...
Shavkat Mirziyoev Putinni saylovdagi g`alabasi bilan tabrikladi

18.03.2024, 10:51

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinni bo`lib o`tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g`alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar...
Angolada prezidentlik saylovida Joau Lourenso 51.08 foiz, muxolifatchi Adalberto Kosta Junior 44.05 foiz ovoz to`pladi

26.08.2022, 10:19

24 avgust kuni Angolada prezidentlik hamda parlament saylovlari bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Angolada parlament saylovi 2 xil tarzda...
Xalqaro “Media-xoll”: shaffoflik, xolislik va tezkorlik

15.10.2021, 19:31

O`zbekiston Elektron Ommaviy axborot vositalari milliy asossiasiyasi boshqaruv raisi Firdavs Abduholiqov tashkil etilgan “Media xoll” haqida quyidagilarni so`zlab berdi:—   14 oktyabr kuni O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1