Toshkent so`nggi kunlarda dunyodagi eng iflos shaharlar orasida 4-o`ringa chiqdi. Shahardagi PM 2.5 miqdori 189 ga chiqqan, bu esa Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan havo sifati bo`yicha tavsiya etilgan normal me`yordan 25 barobar yuqori degani.
Xalqaro "Havo sifati indeksi" saytining bugungi ma`lumotlariga ko`ra, Toshkent shahri havosida PM 2.5 konsentrasiyasi JSST havo sifatining yillik standartidan 13,4 baravar yuqoriligini ko`rsatdi.
Tashkilot toshkent aholisiga tashqarida ko`p yurmaslik, iflos havodan saqlanish uchun derazalarni yopish, maska taqish hamda havo tozalagichlardan foydalanishni tavsiya etmoqda.
O`zGidromet bergan ma`lumotlarga ko`ra, poytaxt havosining soat 9:00-10:00 oralig`ida mayda chang zarralari bilan ifloslanishi quyidagicha:
Chilonzor tumani Xalqlar do`stligi maydonida — 9 mkg/m3;
Yunusobod tumani “Bodomzor” yo`lida — 8 mkg/m3;
Yunusobod tumani 5-mavzeda ( AQSh elchixonasi hududi) — 85 mkg/m3.
Ushbu hududlarda havodagi chang miqdori PM 2,5 ko`rsatkichi bo`yicha havoning o`rtacha darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi.
04.01.2024 18:10
Diqqat! Toshkentda maska bilan yuring! Yoki…






