AsosiyJamiyat

“Er kerak” deb ko`cha aylanib yurgan qiz namanganlik bo`lib chiqdi (video)

'“Er kerak” deb ko`cha aylanib yurgan qiz namanganlik bo`lib chiqdi (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Er kerak” degan yozuvni karton qog`ozga yozib,ko`cha aylanib yurgan qizning videosi tarqaldi.

Oila va xotin-qizlar qo`mitasi holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lumotda keltirilishicha, videoda  Davlatobod tumani “Navbahor” mahallasida yashovchi, 2007 yilda tug`ilgan voyaga etmagan D.R.ning  xatti-harakatlari aks etgan bo`lib, videolavha Yangi Namangan tumanidagi go`zallik saloni xodimlari tomonidan salon mijozlari va kanalidagi obunachilarining sonini ko`paytirish maqsadida  olingan. 

Holat yuzasidan mas`ul idoralar vakillari  tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Holatning o`rganish natijalari bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi, deyiladi munosabatda. 

    Boshqa yangiliklar