Moskvada 4 yanvarga o`tar kechasi qish boshidan beri eng sovuq bo`ldi, deb yozadi RBK Phobos ob-havo markazi etakchi mutaxassisi Evgeniy Tishkovetsga tayanib.
Sinoptikning ta`kidlashicha, bazaviy meteorologiya stansiyasida havoning minimal harorati -26,4 darajani tashkil etgan, Balchugada -24,8 darajagacha, Tushinoda esa -27,1 darajagacha tushgan.
“Bu qishning eng sovuq kechasi va iqlim normasidan 15 daraja past”, deb yozadi Tishkovets. Uning ta`kidlashicha, poytaxtda termometrlar oxirgi marta 42 yil oldin - 1982 yilda havo harorati -27,7 darajaga tushgan.
Moskva viloyatida 30 daraja sovuqlar qayd etilgan. Shaxovskaya ob-havo stansiyasida havo harorati -30,2 daraja, Pushkinoda -30,5, Solnechnogorskda -30,8 darajaga tushdi. Eng sovuq joy Klinda bo`lgan (-31,9 daraja). "Keyingi kechalarda sovuq pasaya boshlaydi va 9-10 yanvarga kelib harorat foni o`zining iqlimiy kanaliga qaytadi", deb ishontirdi Tishkovets.