AsosiyJamiyat

Parij-2024: O`zbekiston lisenziyalarimiz soni 33 taga etdi

'Parij-2024: O`zbekiston lisenziyalarimiz soni 33 taga etdi'ning rasmi

Para taekvondo bo`yicha terma jamoamizning 5 nafar a`zosi yakuniy reyting natijalariga ko`ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o`yinlariga lisenziyani qo`lga kiritdi.

Shu tariqa, ayni paytga qadar o`zbekistonlik para atletlarning Parij-2024 yozgi Paralimpiya o`yinlariga qo`lga kiritgan lisenziyalari soni 33 taga etdi.

Para o`q otish – 3 ta
Para engil atletika – 19 ta
Para suzish – 2 ta
Para kanoe – 2 ta
Para akademik eshkak eshish – 1 ta
Para velosport – 1 ta
Para taekvondo – 5 ta

Eslatib o`tamiz, Paralimpiya o`yinlariga lisenziya beruvchi asosiy musobaqalar hali oldinda va matonatli para atletlarimiz yana ko`plab yo`llanmalarni qo`lga kiritishi kutilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar