1

Suriyalik qizchaning jurnalistlarga bergan qisqa intervyusi qalblarni larzaga soldi

Mutolaa 11.11.2016, 11:13
Suriyalik qizchaning jurnalistlarga bergan qisqa intervyusi qalblarni larzaga soldi

O`tgan haftada  ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan video  ko`pchilikning diqqatini tortdi.  Unda chamasi maktab yoshidagi suriyalik qizaloqning  muxbirga bergan noodatiy javoblarini eshitib, beixtiyor qalbing larzaga keladi.  

— Isming nima ? 

— Bilmayman.  

— Ota-onang bormi? 

— U o`ldi.

—Umuman sen bugun biron narsa edingmi, o`zi? 

Jimlik, qizcha boshini  ham kilgancha  ikki kafti bilan yuzlarini berkitadi.  Ayni yashashga,  bolalardek beg`am betashvish olamda sayr qilishga xaqli bu qorako`zni  kim bundayin achinarli taqdirga mahkum etdi?  Ota-onasi  bag`rida bekamu-ko`st,  boshqa yurtlardagi tengdoshlari kabi  go`zal hayot kechirish  baxtini kim undan tortib oldi?  Videoning orqa planida hozirgina yuz bergan portlashdan so`ng chang  to`zon ostida kolgan insonlarning  noaniq manzil tomon  u yoq bu yoqqa  tahlikali shoshilayotganini  ko`ramiz.  Inson bolasi ayni olti-etti yoshida  olam-olam kuvonch-u, bir  dunyo qiziqish bilan  maktab ostonasiga qadam qo`yadi.  

O`z kelajagi poydevorini ko`rish uchun ilk xarakatlarini boshlaydi.  Ayni voqea uning  yodida bir umr saqlanib qoladiki  , endi u yon atrofidagi jarayonlarga munosabat bildira oladigan , ularni tahlil qila oladigan darajada aql-idrokka ega bo`ladi. Jurnalistni qo`liga kalam olishga majbur etgan  maqolamiz qaxramonichi  uning nazdida bu yorug` olamda yashash  xurlikmi yo  xo`rlik , baxtmi yo baxtsizlik , to`qlikmi yo ochlik .  Inson  umri davomida  unga ro`baro` kelgan  kundalik ko`ngilsizliklardan , tumushidagi dilxiraliklardan noligan ko`yi o`zini baxtsiz his etadi.

Bu dunyoda go`yoki undanda omadsizroq , undanda  ayanchliroq taqdir egalari yo`qdek ich etini kemiradi.  Qora kunlar , qora bulutlar faqatgina uning boshi uzra aylanayotgandek hayotidan noliydi. Lekin ushbu videolavhadagi go`dak aynan shunday o`z taqdiridan,uning  kutilmagan tuxfalaridan  norozi insonlarni bir dam bo`lsada o`ylashga, tinchlik ne`matining barchaga  teng bo`lib  berilmagani , uning hammaga ham birdek nasib etmasligiga amin bo`lishga chorlasa ne ajab?

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1