5 yanvar kuni O`zbekistondan Moskvaga uchayotgan samolyot Orenburg aeroportiga favqulodda qo`nishni amalga oshirdi.
Yo`lovchining kasal bo`lib qolgani sababli samolyot Samarqanddan Moskvaga parvozini to`xtatgan.
Rossiya havo yo`llari kompaniyasiga tegishli samolyot Sheremetevoga ketayotgan edi. Ekipaj zudlik bilan Orenburgga qo`nishga qaror qilgan. Yo`lovchining keyingi ahvoli haqida hech qanday ma`lumot yo`q.






