Joriy yilning 7 yanvar sanasi soat 16:05 da "Yunus Rajabiy" bekatidan harakatlanishi lozim bo`lgan 63-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan.
Mashinist tomonidan belgilangan yo`riqnomaga asosan, yo`lovchilar va harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida, poezddagi yo`lovchilar "Yunus Rajabiy" bekatiga tushirilgan hamda harakat tarkibi texnik ko`rikdan o`tkazilishi uchun tekshiruv yo`lagi tomon olib ketilgan. Shundan so`ng, ortdan kelgan boshqa harakat tarkibi bekatdagi yo`lovchilarni manzillariga qadar olib borgan.
Hozirgi vaqtda barcha poezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.






