AsosiyDunyo

Eronda teraktdan so`ng masjid gumbaziga qizil bayroq ko`tarildi

'Eronda teraktdan so`ng masjid gumbaziga qizil bayroq ko`tarildi'ning rasmi

Eronda shialarning muqaddas shahri Qumdagi Jamkaron masjidi tepasida qizil bayroq ko`tarildi. U Kirmon shahridagi teraktdan so`ng masjid gumbazida paydo bo`lgan. Xuddi shu bayroq 2020 yilda Eron Islom inqilobi qo`riqchilari korpusi generali Qosim Sulaymoniy o`limidan so`ng ko`tarilgan edi, deb yozadi RIA Novostiga tayanib.

Ta`kidlanishicha, qizil bayroq nohaq to`kilgan qon uchun qasos olishga chaqiriqni anglatadi.

Chorshanba kuni Eron janubi-sharqidagi Kirmon shahrida Sulaymoniy vafotining to`rt yilligi xotirasiga motam marosim chog`ida portlash sodir bo`ldi. Unda jami 284 kishi jarohatlangan.

Eron ichki ishlar vazirining xavfsizlik va huquq-tartibot masalalari bo`yicha o`rinbosari Seyid Majid Mirahmadiyning aytishicha, portlashlar xudkush-terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan. 

Eron hukumati payshanba kunini qurbonlar uchun milliy motam kuni deb e`lon qildi.  4 yanvar kuni Turkiyaga rejalashtirilgan tashrifini keyinga qoldirgan mamlakat prezidenti Ibrohim Raisi terror hujumining tashkilotchilari va aybdorlari xavfsizlik kuchlari tomonidan aniqlanishini aytdi. 

2020 yil 3 yanvarga o`tar kechasi AQShning Bag`dod xalqaro aeroporti yaqinida o`tkazgan operasiyasi natijasida Sulaymoniy va Iroq shia milisiyasi rahbari o`rinbosari Abu Mahdi al-Muhandis halok bo`ldi. Bunga javoban Eron Amerikaning Iroqdagi bazalariga zarbalar berdi.

    Boshqa yangiliklar