Sog`liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug`i bilan Amrillo Inoyatov Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Amrillo Inoyatov 1979 yilda tug`ilgan. 2001 yil Buxoro davlat tibbiyot institutini, 2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida “Bolalar yuz-jag` jarrohligi” mutaxassisligi bo`yicha aspiranturani tamomlagan.
2020 yil 3 noyabrdan 2022 yil dekabr oyiga qadar sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari vazifasida ishlagan. 2022 yil dekabr oyida sog`liqni saqlash vaziri etib tayinlangan.






