AsosiyJamiyat

Samarqanddagi korxonada yong`in chiqdi

'Samarqanddagi korxonada yong`in chiqdi'ning rasmi

Samarqand shahrida joylashgan korxona binosida yong`in chiqdi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 9 yanvar kuni soat 14:35 da Samarqand shahar A.Jomiy ko`chasida joylashgan “Oasis Garden bog`ishamol” MChJ binosida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko`ra 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 14:42 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 15:02 da bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida binoning taxminan 50 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. 

Tezkor harakatlar natijasida binoning 400 kv.m maydoni yong`indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo`lish holatlari qayd etilmagan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar