Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari Alisher Kayumovich Shadmanov vazifasidan ozod etildi.
SSV Matbuot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, bunga uning uzoq muddatli davolanish uchun mehnat ta`tiliga chiqishi sabab bo`lgan.
Shu munosabat bilan uning vazifasini vaqtinchalik bajarish Prezident Administrasiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti sog`liqni saqlashni rivojlantirish sho``basi mudiri Davron Taxirovich Sultanov zimmasiga yuklatildi.
Eslatib o`tamiz, Sog`liqni saqlash vazirligiga yangi vazir tayinlangan edi. Sobiq vazir Amrillo Inoyatov esa Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlandi.






