AsosiyDunyo

Pentagon rahbari saratondan davolanayotgani ma`lum bo`ldi

'Pentagon rahbari saratondan davolanayotgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Baydenga 9 yanvargacha mudofaa vaziri Lloyd Ostin saratonga chalingani to`g`risida ma`lumot berilmagan.

Reuters agentligi xabariga ko`ra, 70 yoshli vazirning kasal ekani jamoatchilikka oshkor bo`lganidan so`nggina bu haqda prezidentga ma`lum qilingan.

Qayd etilishicha, prostata saratoniga chalingan Lloyd Ostin yangi yilga o`tar kechasi harbiy tibbiyot markaziga yotqizilgan. Pentagon bu ma`lumotni Oq Uy va Kongressdan 5 yanvargacha sir tutgan.

Bu harakatlar vazirlar mahkamasi protokolini qo`pol ravishda buzish sifatida talqin qilinmoqda. Ushbu protokolga ko`ra, vazirlar kasalligi tufayli vaqtincha o`z lavozimini bajara olmasligi va uning o`rnini kim egallashi to`g`risida jamoatchilikni oldindan xabardor qilishi lozim.

 

 

    Boshqa yangiliklar