AsosiyJamiyat

Urganchda ota 14 yoshli o`g`lini ayovsiz kaltaklagan holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma`lumot berdi

'Urganchda ota 14 yoshli o`g`lini ayovsiz kaltaklagan holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma`lumot berdi'ning rasmi

Biroz avval, Urganch shahrida yashovchi 2009 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan fuqaroning tan jarohatlari bilan tasvirga olingan videolavha yuzasidan ma`lumot bergan edik.

Bolalar ombudsmani axborot xizmati quyidagilarni ma`lum qiladi:

Aniqlanishicha, ushbu bolaga tan jarohatlar joriy yilning 7 yanvar kuni o`zining otasi, 1972 yilda tug`ilgan A.X. tomonidan etkazilgan.

Hozirda voyaga etmagan bolaga tibbiy va psixologik yordam ko`rsatilgan. Tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan. Holat yuzasidan Urganch shahar Ichki ishlar organlari tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Bolaga nisbatan bu kabi zo`ravonlikka yo`l qo`yganlar kim bo`lishidan qat`iy  nazar tegishli javobgarlik ta`minlanishi shart. Bolalar ombudsmani bu holat bo`yicha bolaning manfaatlari yuzasidan o`z kuzatuvini davom ettiradi.

    Boshqa yangiliklar