O`zgidromet ertangi ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi. Unga ko`ra:
TOShKENT ShAHRI
Havo biroz bulutli bo`ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi
7-9° iliq bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo`ladi, kechasi va ertalab yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, cho`l hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, cho`l hududlarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.
SURXONDARYo VILOYaTI
Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, kechga tomon yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.






