AsosiyJamiyat

Turkiyada qo`lga olingan "Fahsh baronessasi" O`zbekistonga deportasiya qilindi

'Turkiyada qo`lga olingan "Fahsh baronessasi" O`zbekistonga deportasiya qilindi'ning rasmi

Turkiyaning Chanakkale shahrida fohishalik uyushtirgani va O`zbekistondan qizlarni Turkiyadagi fohishaxonalarga etkazib bergani uchun Interpol tomonidan qizil ogohlantirish bilan qidiruvga berilgan “Madam Klod” laqabli O`zbekiston fuqarosi Nilufar Mirxonova qo`lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Ma`lum qilinishicha, u joriy yilning 10 yanvar kuni  O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeropotidan O`zbekistonga deportasiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko`rgan fuqarolardan O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so`ralmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar