AsosiyDunyo

Gresiya qirg`oqlarida muhojirlar jasadi topildi

'Gresiya qirg`oqlarida muhojirlar jasadi topildi'ning rasmi

Gresiya qirg`oq qo`riqlash xizmati kecha Lesbos oroli yaqinida 18 muhojirni qutqarib qoldi. Shuningdek, hududdan ikki kishi, jumladan bir ayol va bir erkakning jasadi topilgan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Migrantlarning orolga Egey dengizidagi kuchli shamollar payti qayiqda etib kelgani taxmin qilinmoqda.

Muhojirlarning so`zlariga ko`ra, bortda jami hisobda 36 ga yaqin odam bo`lgan. Shu bois, sohil qo`riqchilari va polisiya xodimlari qirg`oqda qidiruv ishlarini davom ettirgan. Ammo mutasaddilar hozircha hech kim topilmaganini ta`kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar