AsosiyJamiyat

Sirdaryoda metan “zapravka” 62 mlrd 488 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

'Sirdaryoda metan “zapravka” 62 mlrd 488 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi'ning rasmi

Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchasida o`tkazilgan nazorat tadbiri davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, Boyovut tumanida joylashgan “B.” MChJga qarashli AGTKShga tortilgan gaz quvuri ko`zdan kechirilganida, gaz hisoblagichdan oldin er ostidan shoxobcha hududiga gaz quvuri olib kirilib, rezina shlang orqali tabiiy gazni sotishga yo`naltirilgan holda undan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Buning natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, davlat manfaatlariga etkazilgan zarar miqdori jami 62 mlrd 488 mln so`mni tashkil etgan.

Qoidabuzar iste`molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko`rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

    Boshqa yangiliklar