Bugun, 13 yanvar kuni soat 16:30 larda Jomboy tumani “Olmazor” MFY hududidan o`tuvchi “Zarafshon” daryosi bo`yidagi to`qayzorda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yong`inni bartaraf etishga FVB ning 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar to`g`risida xabarlar kelib tushmagan
Hozirda FVB xodimlar tomonidan yong`inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda
"Bu haqida qushimcha ma`lumot taqdim etiladi" deyiladi xabarda.






