AsosiyJamiyat

Samarqanddagi milliy tabiat bog`iga qarashli hududda yirik yong`in yuz berdi(video)

'Samarqanddagi milliy tabiat bog`iga qarashli hududda yirik yong`in yuz berdi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi Zarafshon milliy tabiat bog`iga qarashli hududda yirik yong`in yuz bergani aks etgan video tarqaldi.

Viloyati Ekologiya boshqarmasining ma`lum qilishicha, yong`in Jomboy tumanida joylashgan "Zarafshon" milliy tabiat bog`ining Olmazor” MFY hududida joylashgan 4-bo`limida sodir bo`lgan. Yong`in viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasi va FVV yong`in xavfsizligining tezkor guruhlari tomonidan bartaraf etilgan.

"Hozirda ushbu holat huquqiy baho berishlik uchun nazoratga olindi. Aybdorlarga nisbatan qonun talablariga muvofiq qat`iy choralar ko`riladi", deyiladi xabarda.

 

 

    Boshqa yangiliklar