AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva Vatan himoyachilarini tabrikladi

'Saida Mirziyoeva Vatan himoyachilarini tabrikladi'ning rasmi

Saida Mirziyoeva 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan tabrik yo`lladi.

”Oftob tafti, tandirdan yangi uzilgan issiqqina kulcha, oila davrasida fayzli oqshomlar, boshimiz uzra musaffo osmon... Vatan deganda birinchi bo`lib shular ko`z oldimizga keladi.

Vaqt o`tgan sayin mamlakat rivoji va xalq farovonligining asosi TINChLIK ekanini yanada chuqurroq anglab etyapman. Xavfsizlik va osoyishtalikni ta`minlashda yurtimiz himoyachilarining o`rni beqiyosdir. Ular orasida jasur ayollarimizning borligi alohida tahsinga loyiq.

Ushbu shukuhli kunda mardonavor mehnatingiz hamda Vatanga bo`lgan sadoqatingiz uchun sizga o`z ehtiromimni, minnatdorligimni izhor etishni istardim.

Bugun sizga, haqiqiy qahramonlarga qarab, qalblarimiz o`zgacha g`urur-iftixorga to`ladi.  Zero, siz zimmangizga yuklatilgan davlat mustaqilligi va daxlsizligini ta`minlashdek sharafli burchni munosib ado etmoqdasiz.

Vatan himoyachilari kuni muborak bo`lsin! Siz tufayli orzu-niyatlar qilish, mehr ulashish va shunchaki baxtli hayot kechirish imkonimiz borligi uchun katta rahmat!”, dedi prezident yordamchisi.

    Boshqa yangiliklar